Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sirdaryo tumanidagi “Arslon bobo” fermer xo‘jaligida faollar bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifidan maqsadda hududda yana qanday o‘zgarishlar qilish mumkin degan savolga javob olish lozimligini aytdi.

“Avval paxtada 4 oy vaqtimiz o‘tardi. Eng og‘riqli muammomiz — paxta dalalarida ustozlarimiz, talabalarimiz bo‘lardi. Hozir esa hamma o‘qishda. Men o‘zim ham 11 yil maktabda o‘qigan bo‘lsam har yili 4 oy paxtada bo‘lardim”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumanidagi 38 ta mahallani obod qilish ishlari yuzasidan ham fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Meni eng qiynaydigan muammo — yoshlar tarbiyasi. Tarbiya berishda nafaqat ota-ona, balki mahallaning ham o‘rni beqiyos. Agar mahallalarimizni rivojlantirsak bu ko‘plab sohalarda ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi aniq”, — dedi prezident.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi