Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif chog‘ida Sayxunobod tumanidagi klasterni borib ko‘rdi. Davlat rahbari bu yerda jurnalistlar bilan ham muloqot qilib, viloyatni rivojlantirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilishini aytdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Sirdaryoda 2023-yili ishsizlikni tugatishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Klasterlarda, fermer xo‘jaliklarda, shuningdek, viloyatning turli hududlarida yangi ish o‘rinlari yaratamiz. Masalan, boya men gaplashgan tadbirkorlardan biri aytyapti, ‘qishloqda tikuvchilik fabrikasi ochish evaziga qishloqdagi ayollarni ish bilan ta’minlamoqchiman’, deb. Men uni qo‘llayman”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining eski muammolari hal qilinganini gapirish vaqti o‘tganini ta’kidladi.

“Biz Sirdaryoda ishsizlikni yo‘qotish, hududni rivojlantirish ustida ishlashimiz kerak. Men kuz-qish mavsumidagi viloyatlarda yurishimni Sirdaryoda boshlaganimning sababi ham aynan hududdagi muammolarni bilib, kerakli ishlarni amalga oshirishdir”, — dedi davlat rahbari.

Mavzuga doir: “Sirdaryoga odamlarning biri ikki bo‘lishi uchun zarur yo‘nalishlarni belgilagani keldik” — Shavkat Mirziyoyev 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi