Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlar tiklanishini e’lon qildi.
Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent—Kuala-Lumpur—Toshkent yo‘nalishida parvozlar 1-noyabrdan boshlab haftada ikki marta: seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent—Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi chiptalar narxi 4 347 523 so‘mdan, Toshkent—Kuala-Lumpur—Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi esa 7 596 136 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 6-oktabr holatiga ko‘ra amal qiladi.
2021-yilning aprelida Uzbekistan Airways norentabel deb topilgan bir qator reyslarni, shu jumladan, Kuala-Lumpurga parvozlarni yopgandi.
Izoh (0)