Rossiya hukumati safarbarlik doirasida chaqirilgan rossiyaliklar uchun asbob-uskunalar va dori-darmonlarni sotib olish xarajatlarini qoplamaydi. Bu haqda “Obyasnyaem.rf” hukumat portaliga tayanib Meduza xabar berdi.
Sayt “Safarbar qilinganlarning shaxsiy kiyim-kechak va dori-darmonlarni sotib olishi uchun qilingan xarajatlar qoplanadimi?” degan savol bilan chiqdi. Rasmiylarning javobi quyidagicha bo‘ldi:
Safarbarlikka chaqirilganlar xizmat uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar, jumladan, kiyim-kechak, jihozlar va boshqalar bilan ta’minlangan.Mavzuga doir:Shu sababli safarbar qilingan shaxs tomonidan qo‘shimcha kiyim-kechak, jihozlar, dori-darmonlar va boshqalarni sotib olish uning shaxsiy tashabbusi bo‘lib, bu xarajatlarning o‘rnini qoplash nazarda tutilmagan.
“Obyasnyaem.rf” hukumat portali
Izoh (0)