Markaziy bank O‘zbekistonda avgust oyi uchun kredit bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, avgustda aholiga ajratilgan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi avvalgi oyga nisbatan 0,7 foizga pasaygan va 22,7 foizni tashkil qilgan.
Tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar foizi esa iyulga nisbatan 0,4 foizga o‘sib, o‘rtacha 21,9 foizga yetgan.
Avgust oyida aholiga ajratilgan kreditlarning o‘rtacha foizi apreldan beri eng past darajani qayd etgan.
Shuningdek, chet el valyutasidagi qisqa muddatli kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 7,5 foizga yetgan. Bu 2021-yilning yanvaridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ikki oy ichida bu turdagi kreditlar o‘rtacha 1,5 foizga oshgan.
Chet el valyutasidagi uzoq muddatli kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi esa 2020-yilning may oyidan beri eng yuqori darajaga yetgan — 7,3 foiz.
Izoh (0)