Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro T.E. ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun undirilishi belgilangan aliment o‘rniga Damas sovg‘a qildi.

MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2022-yil 21-avgustdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor T.E.dan undiruvchi Z.G. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Quva tumani bo‘limi tomonidan majburiy ijroga qaratilgan va qarzdorning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Undiruvchi Z.G. bilan o‘zaro kelishuvga asosan qarzdor S.T. voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ular 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 127 million 262 ming so‘m aliment mablag‘lari o‘rniga Damas avtomashinasi olib bergan.

Undiruvchining arizasi bilan ushbu ijro hujjatining ish yurituvi tamomlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi