Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona shahrida qarzdor ota 2 nafar farzandi uchun salkam 65 million so‘m aliment pulini oldindan to‘ladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahri bo‘limi xabar berdi.

Byuroning Farg‘ona shahri bo‘limi ish yurituvida FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 2017-yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor A.A.dan undiruvchi F.A.ning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining voyaga yetguniga qadar 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga uning huquq va majburiyatlari tushuntirib kelingan.

Qarzdor A.A. 2022-yil 30-sentabr kuni undiruvchi F.A. bilan o‘zaro kelishgan holda 2 nafar farzandini 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 64,4 million so‘m aliment pullarini oldindan to‘liq to‘ladi va undiruvchi F.A.ning arizasiga asosan ijro hujjati amalda tamomlandi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi