Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov to‘rt vazirni lavozimlaridan ozod etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: “Akipress.org”

Foto: “Akipress.org”

Tegishli farmonlarni imzolab, davlat rahbari energetika vaziri Doskul Bekmurzayev, ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev, madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Azamat Jamankulov hamda transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyevni iste’foga yubordi.

13-sentabr kuni Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Bekmurzayevga nisbatan o‘z lavozimini suiiste’mol qilish holatlari bo‘yicha ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi. U tegishli soha mutaxassislari bo‘lmagan xodimlarni chet elga xizmat safarlariga yuborgan. Vazir surishtiruv olib borilayotgan paytda lavozimidan chetlatilgandi.

Beyshenaliyev ta’lim vaziri lavozimini 2022-yil 17-fevralida egallagandi. 28-sentabr kuni u oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish masalasini hal qilish uchun, go‘yoki, 100 ming dollar pora olayotganida qo‘lga olindi.

Azamat Jamankulov 2018-yil oktabrida, o‘sha vaqtdagi prezidenti So‘ronboy Jeenbekovning farmoni madaniyat vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Osoyev esa 2021-yil 10-avgustda vazir lavozimini egallagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi