Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Foto: “24.kg”

Foto: “24.kg”
“O‘ta yirik miqdorda pora undirish fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida Qirg‘iziston respublikasi ta’lim va fan vaziri A.B. qo‘lga olindi”, — deyiladi Qirg‘iziston IIV xabarida.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, Almazbek Beyshenaliyev xorijlik talabalarning Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi uchun ulardan 110 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Vazirlik jinoyat ishi bo‘yicha keyingi tergov natijalaridan kelib chiqib batafsil ma’lumot berilishini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi