Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasidagi lotsman (kemalarga yo‘l ko‘rsatuvchi, ularni boshqaruvchi mutaxassis)larga nisbatan cheklovlarni istisno qilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Dekabr oyida rossiyalik neft tashuvchilarga Yevropa kompaniyalaridan lotsmanlar yollash bo‘yicha taqiq kuchga kirishi kerak. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu Daniya qirg‘oqlari yaqinidagi muhim neft jo‘natish punkti ishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

Bloomberg ta’kidlaganidek, istisno kema egalariga kemalarni Daniya bo‘g‘ozlari orqali yo‘naltirish uchun lotsmanlarni yollash imkonini beradi. Sanksiyalarni bekor qilish masalasi Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan muhokama qilinmoqda.

Daniya qirg‘oqlari yaqinidagi neft quyish punkti Rossiya neftini Boltiqbo‘yi portlaridan jahon bozorlariga yetkazib berish yo‘lidagi asosiy nuqtalardan biridir.

Daniya rasmiylarining xabar berishicha, bo‘g‘ozlardan o‘tayotganda lotsmanlarni yollash bo‘yicha qat’iy talab yo‘q, biroq bu holatda sug‘urta narxi oshishi bilan bog‘liq muammo bor.

Shu bilan birga, Yevropa ham Ittifoq mamlakatlari kompaniyalariga Rossiya yuklarini sug‘urtalash bo‘yicha taqiq kiritishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi