Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus poytaxti Minsk shahrida MDHga a’zo davlatlar Sayyohlik bo‘yicha kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Qayd etilishicha, unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, MDH PA kengashi kotibiyati va Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan.

Tadbir davomida kengash a’zolari turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilgan. Xususan, sayyohlik sohasini boshqarish bo‘yicha tajriba almashilgan; MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, Buyuk Ipak yo‘li salohiyatidan foydalanish, agro, ekoturizm va sog‘lomlashtirish turizmi masalalari ko‘rib chiqilgan.

Kengash a’zolari “Hamdo‘stlikning qimmatbaho gavhari” xalqaro loyihasini amalga oshirishga yondashuvlar, MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi tayanch tashkiloti sifatida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti tomonidan olib borayotgan ishlarni muhokama qilgan.

Yig‘ilishda Hamdo‘stlik mamlakatlarida turizmni rivojlantirish uchun xalqaro mukofot ta’sis etish masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Mukofot to‘g‘risidagi nizom loyihasini kengashning navbatdagi yig‘ilishida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

MDHga a’zo davlatlar Turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turizm yarmarkasi 2023-yilda Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi