O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangan.
Ushbu xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz, —deyiladi xabarda.
Izoh (0)