AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar guruhiga rahbarlik qilishga qiziqish bildirdi, deb yozadi Business Insider.
“Strategik bo‘ling, aqlni ishlating. Hozir ayni kelishuvni tugallash vaqti. Har ikki tomon ham bunga muhtoj va buni xohlaydi. Butun dunyo xavf ostida. Tomonlarning guruhiga rahbarlik qilaymi?” — deb yozgan Tramp.
Tramp, shuningdek, “Shimoliy oqim” quvuri sabotaj qilinganiga ishonchi komil ekanini aytdi va “jiddiy keskinlik yoki urush” xavfidan ogohlantirdi. AQSH sobiq prezidenti mamlakat rasmiylarini “Shimoliy oqim” bilan bog‘liq voqealarga sovuqqon va vazmin munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Hodisa “katta qarorga sabab bo‘lmasligi kerak, hech bo‘lmaganda hozircha”, deb ogohlantirdi Tramp.
Avval Tramp agar u prezidentlik lavozimini saqlab qolganida Ukrainada jangovar harakatlar boshlanmasligiga ishonch bildirgan edi. “Agar Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lmasa, o‘lim va halokatdan boshqa hech narsa qolmaydi”, — degan AQSHning sobiq prezidenti.
Izoh (0)