Davlat rahbari topshirig‘iga asosan Nukus shahrida Prezident xalq qabulxonasi boshchiligida Jo‘qorg‘i Kenges raisi va sektorlar rahbarlarining ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda murojaatlarning aksariyati mehnat va bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kredit olish, uy-joy ta’miri bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Ommaviy qabulda 586 nafar murojaatchining 616 ta masalasi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning 382 tasi joyida hal qilindi, qolgan masalalarni o‘rganish va yechim topish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib nazoratiga olindi.
Qoraqalpog‘istondagi sektorlar rahbarlarining bu kabi ochiq-jonli muloqotlari Orolbo‘yining boshqa hududlarida ham tashkil qilinmoqda.
Izoh (0)