Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyada sentabr oyida inflyatsiya sezilarli darajada tezlashdi va yillik hisobda rekord darajadagi 10 foizni tashkil etdi. Bu haqda Germaniya Federal statistika boshqarmasiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Unga ko‘ra, sentabr oyida iste’mol narxlari 2021-yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshadi.

Avgust oyida Germaniyada inflyatsiya yillik hisobda 7,9 foizga yetdi. Avgust oyi bilan solishtirganda, sentyabr oyida iste’mol narxlari 1,9 foizga oshadi, — deyiladi boshqarma ma’lumotlarida.

Shu bilan birga, Federal statistika boshqarmasi inflyatsiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan energiya narxlari Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin ko‘tarilganini ta’kidladi.

Masalan, 2022-yil sentabr oyida energiya narxi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 43,9 foizga oshgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari ham 18,7 foizga oshdi. Bunga koronavirus pandemiyasi natijasida uzilgan yetkazib berish zanjirlari ta’siri qo‘shiladi. Sentabr uchun yakuniy inflyatsiya ma’lumotlari 13-oktabrda e’lon qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi