Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliyaning Amazonas shtatida o‘ndan ortiq avtomobil ketayotgan ko‘prik daryoga qulab tushdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Yana 15 kishi bedarak yo‘qolgan.  Kamida 12 ta avtomobil ko‘prik bilan birga suvga qulagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, daryoning chuqurligi 20 metrga yetadi.

Guvohlarning aytishicha, ko‘prik qulashidan oldin unda tirbandlik yuzaga kelgan.

Hozirda ko‘prik qulagan joyda g‘avvoslar ishlamoqda.

Avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida yangi qurilgan ko‘prik ochilish marosimidagi qizil lentani kesish vaqtida, rasmiylar tomoshabinlar bilan birga qulab tushgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)