• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urush boshlanganidan buyon Rossiyada 50 dan ortiq harbiy komissariat va boshqa ma’muriy binolar yoqib yuborilgan

    Ukrainada harbiy operatsiya start olishi bilanoq, Rossiya harbiy komissariatlariga o‘t qo‘yish boshlangandi, yetti oy ichida harbiy komissariatlar va ma’muriy binolarga 50 dan ortiq hujumlar amalga oshirildi. Yozga kelib, bunday hujumlar soni qisqara boshladi — avgustda bor-yo‘g‘i bitta holat qayd etildi, mayda esa bunday voqealar 14 tani tashkil qilgandi. Ammo safarbarlik e’lon qilingach, o‘t qo‘yishlar sezilarli darajada ko‘paydi. Mediazona shunday hodisalar haqida ma’lumot berdi.

    Foto: Telegram / @we_lomonosovs

    Foto: Telegram / @we_lomonosovs

    Harbiy komissariatga o‘t qo‘yilishi bilan bog‘liq birinchi holat haqida “maxsus operatsiya” boshlanganidan keyin bir necha kun o‘tib, ma’lum bo‘ldi. O‘shanda 21 yoshli Kirill Butilin Podmoskovyedagi Lukovitsi shahrida harbiy komissariatga “Molotov kokteyllari”ni uloqtirgandi. 8-mart kuni Telegram-kanallardan birida voqea aks etgan video paydo bo‘lgandi. Butilin chaqiruvchilarning shaxsiy hujjatlar to‘plamlaridan iborat arxivni yo‘q qilib, safarbarlikka xalal berish maqsadida harbiy komissariatni yoqib yuborganini ma’lum qilgan. “Sinfdoshlarimni asirga tushganlar orasida yoki halok bo‘lganlar ro‘yxatida ko‘rmayman, deb umid qilaman”, — deb yozgan u o‘z postida.

    Butilin ushbu postini e’lon qilgan kuniyoq qo‘lga olingan. Rossiyaning ba’zi OAVlari xabariga ko‘ra, bu vaqtgacha u Litva va Belarus chegarasigacha yetishga ulgurgan, u yerdan esa Rossiyaga yuborilgan va Lukovitsida politsiya bo‘linmasiga keltirilgan. 13-mart kuni, IIV xabariga qaraganda, u politsiya bo‘limi binosini o‘zboshimchalik bilan tark etgan”, biroq kechqurunoq yana ushlangan.

    Dastlab Butilinga vandalizm haqidagi modda bo‘yicha ish ochilgan, biroq bu modda tez orada “o‘t qo‘yish”ga o‘zgartirilgan, keyinroq esa ishga “teraktni amalga oshirish” ham qo‘shilgan. Iyun oyida Butilin terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan. U 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

    “Mediazona” hisob-kitoblariga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Rossiyaning qariyb 40 ta hududida harbiy komissariatlarga va boshqa davlat muassasalariga 50 dan ortiq hujumlar amalga oshirilgan. Aksiyalarning ko‘pchiligidan yetgan zarar ahamiyatsiz bo‘lgan. Hujumlar ko‘proq ramziy ma’noga ega bo‘lgan — “qayerdadir binoning faqat derazalari, eshigi yoki devorining yuza qismi yonib ketgan, qayerdadir esa mol-mulkka umuman ziyon yetmagan”, — deyiladi xabarda.

    Ammo ba’zi hollarda yetkazilgan zarar katta bo‘lgan. Sobiq qishloq o‘qituvchisi Ilya Farber ikki kunlik farq bilan Udmurtiyaning Igra qishlog‘ida harbiy komissariatga va chaqiruv punktiga o‘t qo‘ygan. Birinchi holatda Ikkinchi jahon urushi faxriylarining xizmat hujjatlari va kartotekasi saqlangan xona yonib ketgan bo‘lsa, ikkinchi holatda xodimlarning shaxsiy buyumlaridan iborat xona yong‘in ichida qolgan.

    Yana ikkita yirik yong‘in Posmoskovyedagi Shelkovo shahrida (mahalliy harbiy komissariatda ikkita kabinet va arxiv zarar ko‘rdi) va Mordoviyaning Zubova Polyana qishlog‘ida (yong‘in ikkita qavatni, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchilar ma’lumotlari saqlanadigan xonalarni qamrab oldi) sodir bo‘ldi.

    Harbiy komissariatlardan tashqari, mahalliy ma’muriyatlar, politsiya, FXX va Rosgvardiya binolari ham hujumlar nishonlariga aylandi. FXX binolariga hujumlar Krasnodar va Nijniy Novgorodda, politsiya bo‘limlariga hujumlar esa Moskva, Dog‘iston va Vladivostokda sodir bo‘ldi. Komsomolsk-Amurda 50 yoshli erkak Rosgvardiya bo‘linmasiga o‘t qo‘yishga urindi.

    May o‘rtalarida rassom Bogdan Ziza Yevpatoriya ma’muriyati binosining old tomoniga sariq va ko‘k bo‘yoqlarni sepib yubordi, so‘ng, tergov versiyasiga ko‘ra, binoga portlovchi aralashma solingan shishani uloqtirdi, biroq u portlamadi. Rassom qo‘lga olingan, u tergov izolyatorida. Unga nisbatan terakt tayyorlash haqida jinoyat ishi ochilgan.

    Ta’kidlanishicha, dastlab o‘t qo‘yishlar haqidagi ishlar “bezorilik” yoki “mol-mulkka qasddan zarar yetkazish” kabi nisbatan yengil moddalar doirasida ko‘rib chiqilgan. Biroq yozga yaqin huquq-tartibot organlari ularni ancha og‘irroq jinoyatlar deb baholay boshladi. Masalan, bahorda Ivanov viloyatida harbiy komissariatga o‘t qo‘yishga uringanlik uchun hibsga olingan Dmitriy Lyamin iyul boshida terakt amalga oshirishda ayblandi.

    Iyun boshida harbiy komissariat binosiga yonib turgan lattani uloqtirgan vladivostoklik 21 yoshli Andrey Alekseyev va iyun o‘rtalarida FXXning Krasnodar boshqarmasi binosi yaqinida gilamchani yoqib yuborgan 46 yoshli Igor Paskar ham terrorizmda ayblandi. Uglichning 21 yoshli fuqarosi terakt amalga oshirishga urinishda ayblandi — u harbiy komissariat yaqinida “Molotov kokteyllari” bilan qo‘lga olingandi.

    Nashr taxmin qilishicha, safarbarlik boshlanganidan keyin bunday ishlar yanada ko‘payadi. 21-sentabrdan keyin sodir etilgan o‘t qo‘yish bilan bog‘liq 18 ta holat tufayli to‘rt kishi qo‘lga olingan. Ularga aynan qanday moddalar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilishi noma’lum. Urushning yarim yili ichida harbiy komissariatlarga o‘t qo‘yilishi haqidagi jinoyat ishlarining birortasi ham  sudgacha borib yetgani yo‘q.

    29.09.2022, 15:21   Izoh (0)   8304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Shimoliy Yevropadagi qo‘shinlarining 80 foizini Ukrainaga o‘tkazgan — Foreign Policy

    29.09.2022, 14:53

    KXDR Yaponiyaga qarata ikkita ballistik raketa uchirdi

    29.09.2022, 14:37

    Eron 70 dan ortiq raketa va dronlar bilan Iroq hududini bombardimon qildi

    29.09.2022, 13:44

    Dog‘iston rahbari Kiyevni safarbarlikka qarshi namoyishlarni tayyorlashda aybladi

    29.09.2022, 13:29

    Belgiya ukrainalik harbiylarni o‘qitishga tayyorligini bildirdi

    29.09.2022, 13:01

    Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin

    29.09.2022, 12:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.