Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan litsenziyasini O‘zbekiston Professional futbol ligasiga (PFL) taqdim etdi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: PFL

Foto: PFL

PFL “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramovning Pro litsenziyasining vaqti tugaganligi sababli Superliganing 20-turiga qadar yangilangan litsenziyasini taqdim etish uchun vaqt bergandi. Samarqandliklar 2022-yil 26-sentabrda ushbu vazifani bajardi.

Avvalroq Abramov Samvel Babayan va Mirjalol Qosimov Superliga jamoalari sonini 16 taga yetkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlagani, shundan so‘ng mutaxassis va PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy avgust oyi boshidan buyon “Dinamo”ni boshqarib kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi