Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida joriy yilning 8 oyi davomida avtotransport vositalarining 372 tasida o‘rnatilgan gaz ballonlari nosoz ekani aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Xabarda aytilishicha, avtotransport egalari talabga javob bermaydigan gaz ballonlarni ruxsat olmay o‘rnatib olgan.

“Shu tufayli haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi. Shuningdek, avtoulovlarni jarima maydonidan chiqarish vaqtida noqonuniy gaz ballonlar yechildi”, – deyiladi axborotda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 324 ming 154 tani tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Sirdaryo viloyatining  Oqoltin tumanida Isuzu avtobusi gaz balloni portlashidan 6 kishi halok bo‘lib, 15 kishi tan jarohati olgandi.

Avvalroq Oliy Majlis Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Qutbiddin Burxonov belgilangan miqdordan ko‘p gaz quygan shoxobcha litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha taklif kiritgan edi. holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 262-moddasi (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...