Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sirdaryo viloyatining  Oqoltin tumanida Isuzu avtobusi gaz balloni portlashidan 6 kishi halok bo‘lib, 15 kishi tan jarohati olgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Jinoyat kodeksining 262-moddasi (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz , voqea 18-avgust kuni taxminan soat 14:30 larda tuman hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan Isuzu avtobus metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz ballonlarining biri portlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi