Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda avtotransport vositalariga o‘rnatilayotgan gaz ballonlarining 70 foizi Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyatining kafolati yo‘q. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qutbiddin Burxonovning ta’kidlashicha, o‘rganishlar natijasida tez holatlarda portlab ketishi mumkin bo‘lgan gaz ballonlardan ruxsatsiz foydalanib kelinayotgan holatlar aniqlangan.

“O‘rganish natijasi yana shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda o‘rnatilayotgan gaz ballonlarining 70 foizi Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyatining kafolati yo‘q. Demak, bular bizning xavfsizlik talablarimizga to‘liq javob bermaydi”, — dedi senator.

Ishchi guruh kuzatuvlarida juda ko‘p takrorlanadigan salbiy holat, ya’ni belgilangan miqdordan ko‘proq gaz to‘ldirish holatlariga duch kelingan.

“Birinchi navbatda, xalqimizning, ayniqsa, avtomobil haydovchilarining ongi bo‘lishi kerak. Bu nafaqat o‘zini, o‘zgalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yyapti. Mana, bir nechta gaz ballonlari bilan portlash holatlari bo‘ldi. Buning ichida bir qancha fuqarolarimiz og‘ir tan jarohatlari oldi va o‘ndan ortiq fuqarolarimiz, ming afsuslar bo‘lsinki, hayotdan ko‘z yumgan holatlar bo‘ldi”, — dedi Qutbiddin Burxonov.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati gaz ballonlari o‘rnatilgan transportlarning xavfsizligi bo‘yicha hukumatga so‘rov yuborgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining  Oqoltin tumanida Isuzu avtobusi gaz balloni portlashidan 6 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi