Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

19—23-sentabr kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,7 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,2 foizga kamdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, sotuvlarning:

  • 81 foizi — birja savdolari; 
  • 18,6 foizi elektron davlat xaridlari; 
  • 0,2 foizi — ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 
  • 0,2 foizi avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 644,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 102,4 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 518 ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning: 

  • 5,3 foizi — birinchi; 
  • 9,1 foizi — ikkinchi; 
  • 5,5 foizi — uchinchi; 
  • 7,4 foiz — to‘rtinchi; 
  • 21 foiz — beshinchi 
  • 51,6 foiz — oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2,17 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi. 

Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 4 175 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va undan 3 229 tonnasi, ya’ni 77,3 foiz qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 132 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4,1 mln so‘mdan 3,9 mln so‘mgacha, ya’ni 4,6 foizga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun qariyb 4 mln so‘mni so‘mni tashkil etdi.

Paxta tolasi

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 988 tonna paxta tolasi qo‘yildi va undan 1 926 tonnasi, ya’ni 96,9 foiz qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 385 tonnani tashkil qildi.

19—23-sentabr kunlari barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 24,8 mln so‘mdan 22,2 mln so‘mgacha, ya’ni 10,5 foizga pasaygan.

Omuxta yem

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 13 243 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 11 462 tonnasi, ya’ni 86,5 foiz qismi sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2,3 mln so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha, ya’ni 5,6 foizga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 132 ta xaridor ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda