Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Safarbarlik haqida e’lon qilinganidan keyin Rossiya hududini 261 ming nafar erkak tark etgan. Bunday ma’lumotlarni 25-sentabr kuni Rossiyaning “Novaya gazeta. Yevropa” muxolifat nashri Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib e’lon qildi.

Rossiyaning Finlyandiya bilan chegarasida yuzaga kelgan navbat

Rossiyaning Finlyandiya bilan chegarasida yuzaga kelgan navbat
Foto: EPA

Bu raqamlarni rahbariyatga Federal xavfsizlik xizmati taqdim etgan.

Kremlda 21-sentabr kuni kechqurundan buyon, xavfsizlik kuchlari Rossiyani tark etayotgan erkaklar soni haqida ma’lumot kelib tusha boshlagach, chaqiriq yoshidagi erkaklarning mamlakatdan chiqib ketishini taqiqlash masalasi muhokama qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Nashrning prezident ma’muriyatidagi manbalari qayd etishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi va FXX prezident Vladimir Putinni chegaralarni yopishga “ko‘ndirishiga oz qolgan”.

Rossiyada nimalar bo‘lyapti?

21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. “Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman”, — dedi Rossiya rahbari.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi. Xizmat o‘tab bo‘lgan, harbiy-hisob mutaxassisligi va jangovar tajribaga ega bo‘lganlargina chaqiriladi. Talabalar va shoshilinch xizmat harbiy xizmatchilari safarbar etilmaydi, degan edi Shoygu.

Armiyaga chaqiriladigan odamlar soni ko‘rsatilgan band safarbarlik haqidagi farmonda maxfiylashtirib qo‘yilgan. “Novaya gazeta. Yevropa” nashri xabariga ko‘ra, ushbu bandda bir million kishi armiyaga chaqirilishi haqida aytiladi. Meduza’ning federal vazirliklardan biriga yaqin manbasi aytib berishicha, armiyaga 1,2 million kishini chaqirish rejalashtirilmoqda.

Dastlab Rossiya hududlaridagi harbiy komissarlar safarbarlik bo‘yicha armiyaga chaqirilishi kerak bo‘lgan odamlarga o‘z shahri yoki tumanini tark etishni taqiqlagandi, biroq 23-sentabrga kelib, ularning buyruqlarida Rossiyadan chiqish ketishga nisbatan taqiqlar paydo bo‘ldi.

Meduza manbalari ma’lum qilishicha, DXR, LXR va Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi bosib olingan hududlarda “referendum” tugaganidan keyin safarbarlik yoshidagi erkaklarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlanishi kutilmoqda. Taqiq 28-sentabr kuni kiritilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi