Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termiz davlat universitetida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman, shahar hokimi yordamchilari suhbat shaklida sirtdan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

Foto: Termiz davlat universiteti

Foto: Termiz davlat universiteti

Prezidentning “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining tavsiyasi bilan davlat granti bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish amaliyotini joriy etish belgilangan.

Shunga muvofiq, Surxondaryo viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirib, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan hamda universitetda ro‘yxatdan o‘tgan hokim yordamchilarining imtihon (suhbat) jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytda Surxondaryo viloyatidagi 721 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari o‘z hududida bu boradagi ishlarni samarali tashkil etmoqda. Shu kuni suhbat jarayonlaridan o‘tgan 46 nafar hokim yordamchisi Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultetiga davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi