Ayni paytda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Zakovat” Markaziy Osiyo kubogi tarixida ilk bor o‘tkazilgan “Eruditlar kvinteti” saralash bahslari yakunlandi.
O‘yinlar natijalariga ko‘ra 8 nafar yarim finalchi aniqlandi:
- 8-o‘rin – “Halqa yo‘li” jamoasi (O‘zbekiston);
- 7-o‘rin – “ERUDIT” (Qozog‘iston);
- 6-o‘rin – “Gnomlar-kanniballar” (Qozog‘iston);
- 5–o‘rin – “Paxtakor” (O‘zbekiston);
- 4-o‘rin – “Brain Ar” (Qozog‘iston);
- 3-o‘rin – “Biz” (O‘zbekiston);
- 2-o‘rin – “Sir” (O‘zbekiston).
Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha tarixda ilk bor Markaziy Osiyo kubogi bahslari boshlandi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 48 ta jamoa ishtirok etmoqda. Mukofot jamg‘armasi — 200 million so‘m. Birinchi o‘rin uchun 100 million, ikkinchi o‘rin uchun 60 million va uchinchi o‘rin uchun 40 million so‘m beriladi.
Bosh sovrin — qimmatbaho kubok birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘rtasidagi alohida kurashda o‘ynaladi.
Izoh (0)