Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Besh oylik tanaffusdan so‘ng Rossiyada chiqarilgan MIR bank kartalaridan O‘zbekistonning Uzcard kartalariga xalqaro pul o‘tkazish xizmati qayta tiklandi. Bu haqda Uzcard xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hozirda Uzcard pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar hamda MIR to‘lov tizimida ishtirok etuvchi banklar ro‘yxati tayyorlanmoqda. Ularning mobil ilovalari orqali ushbu operatsiyani allaqachon amalga oshirish mumkin, — deyiladi xabarda.

Mart oyida Uzcard texnik ishlar olib borilayotgani munosabati bilan MIR to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Bir necha kundan keyin Rossiya to‘lov tizimining kartalarini qabul qilish qayta tiklandi.

2019-yilning mart oyida MIR to‘lov tizimi va O‘zbekistonning Uzcard kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, 2020-yil boshidan O‘zbekiston banklari MIR kartalarini qabul qila boshlagan.

2020-yil iyun oyidan boshlab MIR tizimi O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi, bu pul o‘tkazmalarini Uzcard to‘lov tizimida ishtirok etuvchi istalgan bank kartalariga amalga oshirish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi