Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi dalalardan birida qoramol otib o‘ldirilgani aks etgan video tarqalgandi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, mazkur holat Uychi tumanida sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng videotasvirdagi fuqarolar tuman IIBga keltirilib, holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilgan.

Surishtiruvlar natijasida videotasvirda ishtirok etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Xususan, ov qurolini ko‘targan shaxs Uychi tumani obodonlashtirish bo‘limi xodimi ekani, ov qurolidan foydalanish huquqi mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababdan dala maydonida qassoblar undan bir bosh qoramolini otib berishini so‘ragani bildirildi.

Bundan 2–2,5 hafta oldin qassoblar mol qochib ketganini aytib chaqirdi. O‘sha molni otib berishimni so‘radi. Bu video internetda tarqab ketgandan keyin ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘libdi. Hammangizdan kechirim so‘rayman, — deydi xodim.
Jarayonga qiziqib kelgan yana bir shaxs esa qoramolning otilishini telefonida tasvirga olib, internetda tarqatib yuborgan. U voqea joyiga odamlar to‘planganini ko‘rib, borgani, syomka qilib, videoni do‘stiga yuborgani, internetga chiqib ketishini bilmaganini aytdi.

Holatga aloqador barcha fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111- (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) va 183- (mayda bezorilik) moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi va sud organlariga taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi