Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koloniyada jazo o‘tayotgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy mamlakatda safarbarlik e’lon qilingani haqidagi xabarlarga fikr bildirdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Men bir narsani tushunmayapman. Armiya — million kishi, Milliy gvardiya — 350 ming kishi, Ichki ishlar vazirligida yana bir yarim-ikki million, Federal jazoni ijro etish xizmatida ham qancha odam bor. Nega ular tinch aholini chaqirmoqda? Ya’ni, besh million odam mamlakat bo‘ylab uyoqdan bu yoqqa qochadi. Bir million politsiyachi esa ularni qayergadir safarbar qilish uchun ortidan quvadi”, — dedi siyosatchi.

“Ayni paytda, Kovrov mehnatkashlari, 30 yoshli erkaklar Xerson yaqiniga chaqirilmoqda. Hammasi dahshatli. Menimcha, (safarbarlikka) Moskvadan chaqirilmaydi. Moskvadan 50 000 odamni chaqirib ko‘ring, ertasiga ularning 150 000 qarindoshi ko‘chada namoyishga chiqadi”, — deb qo‘shimcha qildi Navalniy.

21-sentabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, kampaniya doirasida Ukrainadagi urushga 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Safarbarlik avval Qurolli kuchlarda xizmat qilgan, harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bo‘lganlarga talluqli bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi