Ijtimoiy tarmoqda Namangan shahridagi maktab va mahalla arig‘ida qonli suv oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Xabarga asosan Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan voqea joyi — Yangi Namangan tumani, “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘ini, G‘azina ko‘chasi o‘rganilganda, shu ko‘chada joylashgan kushxonadan chiqqan chiqindi suv kanalizatsiya tarmog‘idan toshib, ko‘chadagi ariqqa quyilayotganligi aniqlangan.
Aniqlangan holatni bartaraf etish yuzasidan ishlar tashkillashtirilgan. Qayd etilishicha, yuqoridagi holat to‘liq bartaraf etilganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Mavzuga doir: Qibraydagi “Qonli ariq” voqeasi yuzasidan rasmiy bayonot berildi
Izoh (0)