Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining finallaridan biri AQSHda o‘tkazishi mumkin.
UEFA musobaqaning hal qiluvchi o‘yinini okean ortida o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar qilmoqda Ispaniyaning AS nashri.
Bu g‘oyani Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) ham qo‘llab-quvvatlayapti. Tashkilot Yevropa futboli bozorini kengaytirmoqchi va finalning AQSHda o‘tkazilishi homiylik hamda televizion huquqlardan tushadigan daromadni oshirishiga ishonmoqda.
Qayd etish kerak, Chempionlar Ligasi finali bundan avval mintaqadan tashqarida o‘tkazilmagan.
2022/23-yilgi mavsum finali Istanbulda bo‘lib o‘tishi reja qilingan.
Izoh (0)