• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Go‘zallik

    Sochlarni to‘g‘ri parvarish qilishning 10 ta asosiy qoidasi

    Tabiiy go‘zal sochlarni yaxshi holatda saqlash uchun minimal kuch talab qilinadi, boshqalariga esa ko‘proq ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish kerak. “Noviy ochag” nashri sochlarni to‘g‘ri parvarishlash qoidalari bilan bo‘lishdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Sog‘lig‘ingizni kuzatib boring

    Ha, go‘zallik salomatlikdan boshlanadi, bu sochning holatiga ham tegishli. Bunda to‘g‘ri ovqatlanish asosiy rol o‘ynaydi. Ratsionga oqsil (baliq, loviya, yong‘oq, don mahsulotlari), A, C va E vitaminlari, rux va temir kabi minerallar, omega-3 yog‘ kislotalari yuqori bo‘lgan mahsulotlarni kiritish muhimdir.

    Faqat tabiiy va yangi ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, maxsus qo‘shimchalarni qabul qilish mumkin, ammo buning uchun birinchi navbatda dastlab qanday elementlar yetishmayotganligini aytib beradigan va mos keladigan narsani buyuradigan shifokor bilan maslahatlashish lozim. Shuningdek, ruhiy holat ham soch sifatiga ham ta’sir qiladi, shuning uchun dam olishni unutmaslik, stress va uyqusizlikni bartaraf etish kerak.

    Sochlarni gullashiga yo‘l qo‘ymang

    Sochlar uchining rangi yorqinlashib borsa, demak, tez orada ular gullashni boshlaydi. Bundan tashqari, mo‘rtlik paydo bo‘ladi, tolalar hajmi va silliqligini yo‘qotadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har doim soch uzunligining oxirgi 5-10 santimetr qismiga maxsus namlantiruvchi vosita qo‘llash, o‘ta issiq suvda yuvmaslik, sochlarni atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qilish, iloji bo‘lsa, har qanday kimyoviy ishlov berishdan qochish lozim. Agar sochlar gullashining oldini olishning iloji bo‘lmasa, faqat bitta variant mavjud: sochlarning shikastlangan qismini kesib olish. Uzun, ammo gullagan, betartib sochlardan ko‘ra, kaltaroq, nafis sochlar chiroyli ko‘rinadi.

    Vaqti-vaqti bilan sochlarga dam bering

    Ish yoki boshqa vazifalar ko‘pchilikka sochlarini fen, dazmol va boshqa issiqlik bilan turmaklovchi asboblaridan foydalanishdan butunlay voz kechishga imkon bermaydi. Biroq iloji bo'lsa, haftasiga kamida 1-2 marta sochlarga dam berish lozim: ularni tabiiy ravishda quritish, turli murakkab soch turmagidan voz kechish, ularga foydali parvarish mahsulotlarini qo‘llash tavsiya etiladi.

    Soch va bosh terisi turi uchun to‘g‘ri parvarish vositalarini tanlang

    Shampun, balzam, niqob, namlantiruvchi mahsulotlar kabi parvarish vositalarni tanlashda ularni nafaqat soch, balki bosh terisi turiga qarab tanlash juda muhimdir. Chunki noto‘g‘ri tanlangan vositalardan foydalanish samarasiz va hatto zararli bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bosh terisi va sochlar turli xil parvarish usullariga muhtoj. Misol uchun, aksariyat odamlar qazg‘oq yoki sochlarning uchlari quruq va ildizlari yog‘li bo‘lishi, to‘kilishi, mo‘rt va hajmi yo‘qligiga duch keladi. Bularning barchasi hal qilinadigan va turli g‘amxo‘rlik talab qiladigan vazifalardir. Shuning uchun ma’lum muammolarni yengib o‘tadigan, butun uzunligi va bosh terisiga ham mos keladigan mahsulotlarni topish juda muhimdir.

    Mexanik shikastlanishdan saqlaning

    Sochlarni sog‘lom va chiroyli saqlash ularga mexanik ta’sirni kamaytirishga yordam beradi. Sochlarni tarashda ularni shikastlamaydigan taroqdan foydalanish lozim, ularni sochiq bilan silash, qattiq tasmalardan foydalanish, albatta, zarar keltiradi. Shuningdek, sochlarni kaltalaganda o‘tkir qaychi bilan kesish tavsiya etiladi. Bu tez orada sochlarni qalin va uzun o‘sishiga hissa qo‘shadi.

    Sochni to‘g‘ri yuving va turmaklang

    Sochlarni yuvayotganda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:

    1. Suvning harorati teriga qulay, oxirida esa biroz sovuqroq bo‘lishi kerak;
    2. Shampun, balzam va niqob qo‘llash texnikasi — bu parvarishlash vositalaridan foydalanishning ko‘plab usullari mavjud, masalan, birgalikda yuvish:
    3. Sochni yuvgandan so‘ng yumshoq mato yoki mikrofiber sochiqdan foydalangan ma’qul;
    4. Ho‘l sochlarni o‘ramaslik kerak, aksincha ularni juda ehtiyotkorlik bilan tarash lozim.
    5. Sochlarni fenda quritishdan avval issiqdan himoyalovchi vositadan foydalanishni unutmaslik kerak.
    Bosh terisini massaj qiling

    Bosh terisini massaj qilish qon aylanishini yaxshilaydi, soch to‘kilishini kamaytiradi, soch o‘sishini tezlashtiradi va mustahkamlaydi. Buning foydasini his qilish va ta’sirini ko‘rish uchun kuniga muntazam ravishda 5-10 daqiqa massaj qilish kifoya. Biroq bu yerda texnika nihoyatda muhim ekanini unutmaslik kerak, shuning uchun ozgina vaqt sarflash va massaj qoidalarini o‘rganish lozim. Massaj umuman murakkab emas, lekin uning yordamida keraksiz oqibatlardan qutulish va sochlarning holatini sezilarli darajada yaxshilash mumkin.

    Yog‘lardan foydalaning

    Yog‘lar sochning yaxshi holatini saqlab qolishga, shuningdek, ba’zi muammolarga qarshi kurashishga qodir. Yog‘lar asosan (kokos, argan, jojoba va boshqalar) va efir (lavanta, choy daraxti, evkalipt) ga bo‘linadi. Har bir yog‘ ma’lum muammolarni hal qiladi: to‘kilish, mo‘rtlik, xiralik, qazg‘oq, bundan tashqari, ular bosh terisi, soch uzunligi yoki uchlari bo‘ladimi, turli sohalarga qo‘llanilishi mumkin. Qo‘llash texnikasiga ko‘ra, ular ajralib turadi: massaj, xushbo‘yligi, niqob sifatida qo‘llash va sotib olingan parvarish mahsulotlarini yaxshilash. Soch, bosh terisi va muammolar turiga qarab yog‘larni tanlash mumkin.

    Yotishdan oldin sochlarga g‘amxo‘rlik qiling

    Uyquda ham sochlar yomonlashishi mumkin: ular yostiqqa ishqalanadi, bu esa mexanik shikastlanishga olib keladi. Bunga yo‘l qo'ymaslik uchun yotishdan oldin sochlarni bo‘sh tasma bilan yengil turmaklab, avval ularga yog‘ yoki maxsus foydali vositalarni qo‘llash mumkin: bu bilan soch tolalari nafaqat kamroq shikastlanadi, balki yaxshi tiklanadi. Qolaversa, oddiy yostiq jildini ipak matosiga almashtirish kerak. Ipak juda nozik materialdir, shuning uchun u sochlarga zarar bermaydi va chigal bo‘lishiga ham yo‘l qo‘ymaydi.

    Sochlarni atrof-muhitning salbiy ta’siridan saqlang

    Quyosh, shamol, sho‘r yoki qattiq suv, quruq havo — bularning barchasi sochlarning holatiga yomon ta’sir qiladi. Shuningdek, tolalar har doim yetarli darajada namlangan bo‘lishini ta’minlash kerak, ya’ni muntazam ravishda balzam yoki niqobdan foydalanish mumkin. Issiq mavsumda ham, qishda ham SPF va shlyapa yordamida sochlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilish lozim.

    Mavzuga doir:

    • Bo‘yalgan sochlarni parvarish qilishning 10 ta qoidasi
    • Yog‘li sochlar uzoqroq toza ko‘rinishi uchun nimadan voz kechish kerak?
    • Sochni fen bilan quritishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

    18.09.2022, 21:21   Izoh (0)   35100
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yuz terisiga namlantiruvchi krem surishning 5 ta qoidasi

    16.09.2022, 21:39

    Go‘zal tong: yetarlicha uxlamaganlar uchun 5 ta byuti-layfxak

    16.09.2022, 09:45

    Kuz uchun eng yaxshi namlantiruvchi 10 ta tonal kremi

    14.09.2022, 20:52

    Foto: Taniqli fotografning go‘zallik chegara bilmasligini isbotlovchi suratlari

    11.09.2022, 15:56

    Har kuni iste’mol qiling: yuzdagi shishlarni kamaytiradigan 5 ta mahsulot

    11.09.2022, 10:40

    Bo‘yalgan sochlarni parvarish qilishning 10 ta qoidasi

    08.09.2022, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.