Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi havo kemasi ilk bor Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Aviakompaniyaning Airbus A-321 rusumli havo kemasi Moskva—Namangan yo‘nalishida 221 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

An’anaga muvofiq, aeroportga ilk qo‘nishni amalga oshirgan ushbu havo kemasi suvli havo arkasi bilan qarshi olindi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Xalqaro aeroport ma’muriyatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, “Yamal” aviakompaniyasi Moskva – Namangan – Moskva yo‘nalishida haftasiga bir marta aviaqatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Ma’lumot uchun, bu yil 25 yilligini nishonlayotgan “Yamal” Rossiyaning Janubiy Sibir mintaqasidagi yirik aviakompaniyasi bo‘lib, asosiy shtab-kvartirasi Salexardda joylashgan. Turli rusumlardagi 30 dan ortiq havo kemasiga ega kompaniya 42 ta yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mavzuga doir: Namangandan Dubayga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi