Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) yetakchisi Si Szinpin o‘z harbiylariga 2027-yilga kelib Tayvan ustidan harbiy nazorat o‘rnatishga tayyorlanishni topshirgan. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori o‘rinbosari Devid Koenga tayanib CNN muxbiri xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Ayni vaqtda Amerika razvedkasi Xitoy rahbariyati bu masala bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan, deb hisoblamaydi, degan Koen.

AQSH Tayvan hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmagan, biroq 1979-yildan buyon amal qilib keluvchi qonunga ko‘ra, Vashington mintaqaga uning himoyasi uchun qurol yetkazib berishi mumkin. Xitoy Amerikaning orolga qurol yetkazib berishiga qarshi chiqib keladi.

Shu yilning aprelida, amerikalik kongressmenlar guruhi tashrifidan keyin Xitoy va Tayvan atrofidagi vaziyat keskinlashdi. Avgust boshida Tayvanga Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi kelganidan keyin keskinlik o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Uning tashrifi Xitoy tomonidan qattiq tanqidga uchradi. U Tayvanni o‘z viloyati deb hisoblaydi va uning Pekin diplomatik aloqada bo‘lgan mamlakatlar vakillari bilan muloqotlariga qarshi chiqadi.

Pelosining tashrifiga javoban, Xitoy Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. AQSH XXRni sun’iy inqirozni keltirib chiqarishda aybladi va Vashingtonning pozitsiyasi o‘zgarmagani, u hamon yagona Xitoy siyosatiga amal qilishini ta’kidladi. Tayvan, o‘z navbatida, Pekinni “muskullarini ko‘z-ko‘z qilishni” to‘xtatishga chaqirdi.

Keskinlik kuchayishi fonida Xitoy 10-avgust kuni “Oq kitob”ni e’lon qildi. Ushbu hujjat har ikki yilda yangilanadi, unda mamlakatning milliy mudofaa strategiyasi bayon etiladi. “Oq kitob”ning yangi tahririda Xitoy Tayvanni kuch bilan egallab olishi mumkinligini bildirdi. Agar “tashqi aralashuv kuchlari” “qizil chiziq”ni bosib o‘tsa, qat’iy harakatlarga o‘tishi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ushbu hujjatda Xitoy “bir mamlakat, ikki tizim” modelini taklif qildi. Ammo Tayvan bu g‘oyani rad etib, “Tayvan xalqigina o‘z kelajagini hal qila olishi”ni aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiri tayinlangan” — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi