Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Manchester Yunayted” 15-sentabr, payshanba kuni “Sheriff”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Jeydon Sancho Eriksenning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 39-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urib, hisobni mankunianliklar uchun ishonchki ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa “qizil iblislar” g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” musobaqa guruh bosqichi 1-turida “Real Sosyedad”ga mag‘lub bo‘lgan edi.
E guruhining ikkinchi o‘yinida “Real Sosyedad” “Omoniya” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Yevropa Ligasi
2-tur bahslari
15-sentabr, payshanba
“Sheriff” — “Manchester Yunayted” 0:2
Gollar: 0:1 – 17 Sancho, 0:2 – 39 Ronaldu (penalti).“Sherif”: Koval, Zouri, Radelich, Kiki, Kpozo, Badolo, Kiabu, Diop, Atemven (Mudasiru, 81), Uattara (Pernambuko, 73), Rashid (Felipe Vizeu, 73).
“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot (Shou, 70), Varan, Martines, Malasia, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini (Kazemiro, 46), Ronaldu, Sancho, Antoni.
Ogohlantirishlar: Kpozo (38), Atemven (63).
Izoh (0)