Xorazm viloyati, Xiva shahri, Gazchi mahallasidagi mehmonxona kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portaliga joylashtirilgan.
Lot auksionga “Xiva Lokomotiv” kompaniyasi tomonidan qo‘yilgan. Mehmonxona 2 qavatli va 35 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,27 gektar. Binoning maydoni — 1 157 kvadrat metr.
2019-yilda qurilgan ushbu mehmonxonada elektr, gaz va kanalizatsiya tizimi mavjud. Suv ta’minoti esa yo‘q.
Auksionga qo‘yilgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi — 18,5 mlrd so‘m. Arizalar 26-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Navoiydagi mehmonxonaning narxi tushirilib, qayta auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)