Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turida “Barselona”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Katalonlar “Bavariya”ni Myunxenda mag‘lub eta olmayapti. Jamoalar shu vaqtga qadar 7 marta to‘qnash kelgan. Ularning 5 tasida nemislarning qo‘li baland kelgan, yana ikkita o‘yin durang bilan tugagan. To‘plar nisbati — 19:4.

Shuningdek, “Bavariya” YCHL doirasida ketma-ket beshinchi marta “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratdi. So‘nggi bor “ko‘k-anorranglilar” 2015-yilning may oyida 3:0 hisobida ustun kelgandi.

“Bavariya” bu uchrashuvdan keyin Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 30 ta o‘yinga yetkazib oldi. Oxirgi marta myunxenliklar 2017-yilda “PSJ”ga yutqazgandi. O‘shandan beri 27 g‘alaba va uchta durang qayd etildi.

“Bavariya” YCHLdagi umumiy g‘alabalari sonini 159 taga yetkazdi va bu borada “Barselona”ni (158) ortda qoldirdi. Faqat “Real” (174) germaniyaliklardan oldinda bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi