• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Qo‘qonda 750 ming so‘m oylikka o‘qituvchilik qilardim” — Davron Asqarov tanilguniga qadar kechirgan qiyinchiliklari hamda Mirza Azizovdan qattiq tarsaki yegani haqida so‘zlab berdi (video)

    “Qodirxon” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Davron Asqarov “Daryo” internet nashrining YouTube kanaliga bergan intervyusida aslida maktabda musiqa o‘qituvchilik qilgani, otasi sabab kastingda ishtirok etgani va ustozi Mirza Azizov haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi.

    — Aslida aktyor emasman. Musiqa sohasida tahsil olib, Qo‘qondagi 31-maktabda 7-sinfgacha musiqa o‘qituvchisi bo‘lib ishlaganman. Yaratgan sababchi bo‘lib, aktyorlik sohasiga kirib keldim. Ilk rolimni “Advokatlar” nomli serialda ijro etganman. 70 qismdan iborat serial menga omad olib kelmadi. Serialning efir vaqti uch yarim oy davom etgan, shu vaqt mobaynida 2 odam tanigandi. Hatto qayerda tanib qolishgani ham aniq esimda. Bittasi taksichilik qilib yurganimda, bittasi esa “Abu Saxiy” bozoriga borganimda tanib qolgandi. Undan keyin “Qaynonamdan qarzim bor” serialida ham suratga tushdim. U ham katta o‘zgarish yasamadi. Ammo “Qodirxon” serialida suratga tushganimdan keyin o‘n kun o‘tib, meni taniydiganlar safi kun sayin ortayotganini his qildim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Aslida qo‘shiqchi bo‘laman, deb niyat qilgandim. Yaxshi insonlarning ko‘magida “Sensiz” nomli klipni ham suratga oldim. Ammo xonandalikda omadim kulmadi.

    Bir kuni onam bilan qattiq tortishib qoldik. “Pul topmayapsan, harakat qilmayapsan”, degan gaplardan keyin jahl qilib, oqshom paytim Qo‘qonga ketgandim. Chunki u yerda bobomning uyi bor edi. Ertasi kuni tanish-bilishlarga qo‘ng‘iroq qilib, maktabdan ish topdim. Oyligim 750 ming so‘m edi. Ammo u yerda meni ushlab turadigan yagona narsa bu emasdi. Maktab hovlisiga kirishib bilan bolalar quchoq ochib kutib olishardi.

    Bir kuni dadam qo‘ng‘iroq qilib, yangi serial uchun kasting bo‘layotganini aytib qoldi. U inson “Qodirxon” serialining prodyuseri Musaxon Nurmatov bilan birga ishlaydi, uning 20 yillik ovoz rejissori hisoblanadi. Xullas, tavakkal deb Toshkentga keldim va kasting topshirdim. O‘shanda qizi xiyonat qilgan yigit rolini ijro etgandim. Rejissor Muslim Ali ikkita rol borligini aytdi. Aslida Davron serialning birinchi mavsumida o‘lishi kerak edi. Rejissor bilan maslahatlashib, ssenariyga o‘zgartirish kiritganmiz. Avvaliga juda qiynalganman. Baxtimga birinchi mavsumning suratga olish jarayonlari karantin vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgan. Bir dachaga borib, 10-15 kun syomka qilardik. Ustoz san’atkor Mirza Azizov va Gulchehra Nosirova bilan bir oila bo‘lib yashaganimiz ham mening baxtim bo‘lgan. Ustozim Mirza “Avval ko‘z gapirsin, undan keyin xatti-harakat deb uqtirardi”, — deydi Davron Asqarov.

    Davron Asqarov ustozi Mirza Azizovning kutilmagan o‘limi yakunlanmagan serial ijodkorlariga qanday ta’sir etgani haqida ko‘ziga yosh olib so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @davronasqarov_official

    Foto: Instagram / @davronasqarov_official

    — Ustozning o‘limidan avval olingan syomkalar bir haftadan keyin efirga ketadigan vaziyatga kelib qolgandik. Har kuni yangi qism namoyish etilgani uchun bugun qilingan syomka bir haftadan keyin efirga uzatilardi. Oxirgi syomkamiz juda og‘ir ketgan. Serialdagi singlim qochib ketganligidan otam darg‘azab bo‘lishi, meni urishi kerak edi. Ustozim shunchalar qattiq urdilarki, kostyumim choklari yirtilayotgani o‘zimga eshitildi. Sochimdan tortib, devorga urdi, tarsakining zarbidan yuzim qizarib ketdi. Nima qilishimni bilmay qolgandim. Bag‘rimga bosay desam, qahramonim otasidan nafratlanadi. Suratga olish ishlari tugagach, ustoz qattiq yo‘taldilar. Bilsak, o‘sha paytda kovid va pandemiyani boshdan o‘tkazgan ekan. Ammo kuchli inson ekanligidan buni hech kimga bildirmay yuravergan ekanlar.

    Foto: Instagram / @davronasqarov_official

    Foto: Instagram / @davronasqarov_official

    Ovozlashtirish jarayoniga borganda dadamdan “O‘g‘lingizni qattiq urib yubordim”, deb uzr so‘ragan ekanlar. U kishining o‘limi jamoamiz uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Chunki u kishi serialning ustunlaridan biri edi. U qulagach, serialni davom ettirolmaymiz deb o‘ylagan edik. Xullas, avvaliga rosa ikkilanishlar bo‘ldi. Baribir davom ettirish kerak, deb o‘zimizni qo‘lga oldik. Ammo u insonsiz ishlash oson kechmadi. Avvalgidek maslahatchimiz yo‘q edi. Shu boisdanmi 3-mavsumda saviyadagi jiddiy o‘zgarish o‘zimizga ham sezildi. Ammo haligacha serialda ustozning vafoti haqida aytilmagan. Namanganlik bir shogirdlari bor, ovozlari juda o‘xshash. O‘sha insonning yordami bilan ustozning personaji haligacha yashayapti. U qahramonni xorijga ketgan deb kelyapmiz, — deydi aktyor Davron Asqarov.

    Aktyor bilan to‘liq intervyuni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    Mavzuga doir:

    • “Qodirxon” seriali aktyori Davron Asqarov san’atkorning qiziga uylanayotgani, bo‘lajak rafiqasi hamda partnyorlari bilan mish-mishlar haqida (video)
    • “‘Million’dagi arabcha raqsim sabab dadam gaplashmay qo‘ydilar”. Aktrisa Narminjan otasini xafa qilib qo‘ygani haqida gapirib berdi (video)
    • Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    13.09.2022, 20:42   Izoh (0)   27306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Daily Mail’da Yelizaveta II ning uzoq umr ko‘rish sirlari haqida maqola chop etildi

    13.09.2022, 19:46

    Ko‘ngilsiz hodisalar tufayli jiddiy jarohat olgan jahonga mashhur insonlar (foto)

    13.09.2022, 17:08

    Seriallar “Oskar”i — “Emmi-2022” mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    13.09.2022, 14:51

    “Qodirxon” seriali aktyori Davron Asqarov san’atkorning qiziga uylanayotgani, bo‘lajak rafiqasi hamda partnyorlari bilan mish-mishlar haqida (video)

    13.09.2022, 12:35

    To‘g‘ri ovqatlanish, argan yog‘i va yogurt: Turk aktrisasi Neslihan Atagulning go‘zallik sirlari

    13.09.2022, 11:55

    Turk kinosining yulduzli juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen egizak farzand kutmoqda

    13.09.2022, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.