Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kelgusi yilda dunyo butun sayyora aholisini to‘ydirish uchun oziq-ovqat yetishmaydigan vaziyatga duch kelishi mumkin. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Korin Fleysherga tayanib “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Bu yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi oshishi sababli oziq-ovqat sotib ololmaslik muammosi paydo bo‘ldi, biroq kelgusi yilda biz butun sayyoramiz aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlay olmaydigan vaziyatga tushib qolishimiz ham mumkin, — dedi u.

Ushbu vaziyatning asosiy sabablari orasida u Ukraina atrofidagi vaziyatni, Rossiya o‘g‘itlari eksportining pasayishi va bir vaqtning o‘zida ushbu turdagi mahsulot narxining oshishini ta’kidladi, bu esa fermerlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

U, shuningdek, Pokistondagi suv toshqini, Xitoy va Yevropadagi qurg‘oqchilik kabi ekstremal ob-havo hodisalari global oziq-ovqat ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Fleysher oziq-ovqat inqirozi masalasi kelasi yili Yaponiya assotsiatsiyaga raislik qiladigan G7 sammitining asosiy kun tartibiga kiritilishi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq valyutalarning zaifligi tufayli dunyoda oziq-ovqat narxi oshib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak