Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Dunyoda mahsulotlarning chakana narxlari yuqoriligicha qolmoqda, chunki bir qator mamlakatlarda milliy valyutalarning zaiflashuvi kuzatilmoqda. Bu haqda Jahon oziq-ovqat dasturining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Korin Fleysher ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ukrainada portlarni ochishga yordam bergan don kelishuvi butun dunyo uchun eng yaxshi yangilik bo‘ldi. Jahon bozorida narxlar tushdi, afsuski, bir qator mamlakatlarda milliy valyutalarning zaifligi tufayli oziq-ovqat narxi unchalik o‘zgarmadi, — dedi u.

Unga ko‘ra, buning sababi yetkazib beruvchilar oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish uchun dollarga muhtojligidir.

Portlarning blokadasi eng ko‘p Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqqa ta’sir ko‘rsatdi, chunki bu hududlar Qora dengizga tutashgan va oziq-ovqat importiga bog‘liq.

Jahon oziq-ovqat dasturi ham butun dunyo bo‘ylab muhtoj odamlarga yetkazib beradigan ratsionni qisqartirishga majbur bo‘ldi, — dedi Fleysher.

U Ukrainadan oziq-ovqat eksportining o‘sishiga, shuningdek, o‘g‘it yetkazib berish va narxlarning barqarorlashishiga umid bildirdi.

Avvalroq global geoiqtisodiy hodisalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...