Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yoshlar texnoparki ish boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Shuhrat Saidahmadov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, loyihaga qariyb 9 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Shu mablag‘ evaziga markazning moddiy texnik bazasi ham shakllantirilgan.

“Markazga Innovatsion rivojlanish vazirligining maxsus jamg‘armalari hisobidan 8,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Markazda 10 ta ish o‘rni yaratilgan”, — deydi mas’ullardan biri.

Nukus yoshlar texnoparkining ochilish marosimi “InnoWeek-2022” innovatsion ishlanmalar hududiy ko‘rgazmasi davomida bo‘lib o‘tgan.

Texnopark 3D printerlar, pnevmatika o‘quv stendlari, lazer kesgich, frezer ishlov beruvchi markaz, gidravlik list bukgich, elektr payvandlagich, laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari va boshqa uskunalar bilan jihozlangan.

“G‘oyalarni noldan boshlab toki protatip darajasiga yetkazgunga qadar yoshlar texnoparki yordam beradi. Kichik ishlab chiqarish zonasi orqali protatiplarni bepul ishlab chiqarish imkoniyati mavjud”, — deydi texnopark rahbari Rustam Madraimov.

Shuningdek, texnoparkda kichik yoshdagilar uchun robototexnika, grafik dizayn, mental arifmetika, ingliz tili, nutq madaniyati bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj