Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand xalqaro aeroportida sifati kafolatlanmagan dori hamda tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Samarqand xalqaro aeroportiga Olmaota–Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.O. ixtiyoriy ravishda “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazorati zonasidan o‘tayotganida shubha sababli to‘xtatilgan. So‘ng yo‘lovchining bagaj sumkasi xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada A.O. tomonidan bojxonachilarning og‘zaki so‘rovi vaqtida ma’lum qilmagan hamda bojsiz olib kirish normasidan ortiqcha, qiymati 21,2 million so‘mlik 2000 dona sifati kafolatlanmagan dori vositasi va 40 quti tamaki mahsuloti borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri