Neyt Dias ham, Hamzat Chimayev ham UFC 279 da ishtirok etadi.
Avvalroq Hamzat Chimayev vazn normasini bajara olmagani sababli uning Neyt Diasga qarshi jangi bekor bo‘lgandi. UFC ikkala jangchi ham turnirda ishtirok etishi, faqat raqiblar o‘zgarganini ma’lum qildi.
Neyt Diasga Toni Fergyuson raqiblik qiladi. Ular o‘rtasidagi jang UFC 279 ning markaziy jangi hisoblanadi.
Chimayev esa Kevin Holland bilan jang qiladi. Jang 3 raunddan iborat bo‘ladi.
Toniga raqib bo‘lishi belgilangan Li Szinlyan esa Daniel Rodrigesga qarshi jang qiladi.
Izoh (0)