Yarim o‘rta vazn toifasida vakillari Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasidagi jang bekor qilindi.
UFC 279 musobaqasining markaziy jangi bekor bo‘ldi. Bunga sabab Hamzat Chimayevning vazn normasini bajara olmagani bo‘ldi. Sportchi 80,9 kg vazn qayd etgan. Bu me’yordan 3 kg ortiqcha degani. Neyt Dias esa 77,5 kg vazn qayd etgan.
Hozirda Diasga boshqa raqib izlash ishlari boshlangan.
Avvalroq Hamzat Chimayev va Neyt Dias jamoalari o‘rtasida katta janjal yuzaga kelgani sababli UFC 279 musobaqasi oldi matbuot anjumani bekor qilingani xabar qilingandi.
Izoh (0)