Yarim o‘rta vazn toifasida vakillari Hamzat Chimayev va Neyt Dias o‘rtasidagi jang UFC 279 ning asosiy jangi bo‘lishi kutilmoqda.
Biroq Chimayev UFC 279 oldidan vazn normasini bajara olmadi. Sportchi 80,9 kg vazn qayd etgan. Bu me’yordan 3 kg ortiqcha degani. Neyt Dias esa 77,5 kg vazn qayd etgan.
Ushbu holatda jang bekor qilinishi mumkin. Hozircha UFC bunga munosabat bildirmadi. Katta ehtimol bilan Neytning raqibi o‘zgaradi, yoki Hamzatning gonorari bir qismi Diasga o‘tkazilib, jang bekor qilinmaydi. Barcha UFC ning qarorini kutmoqda.
Avvalroq Hamzat Chimayev va Neyt Dias jamoalari o‘rtasida katta janjal yuzaga kelgani sababli UFC 279 musobaqasi oldi matbuot anjumani bekor qilingani xabar qilingandi.