• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tolyattidan chiqqan “kopeyka”, signal berishga ulgurmay cho‘kib ketgan Britaniya kemasi va tarixda qolgan “Attika” isyoni. Kun xronologiyasida 9-sentabr

    9-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Tolyattida “kopeyka” avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, Buyuk Britaniyaga tegishli neft tankerining halokati va “Attika” qamoqxonasidagi isyonga oid faktlar o‘rin olgan.

    Eng ommabop avtomobil: “Kopeyka”ning paydo bo‘lishi

    1970-yilning 19-aprelida Tolyattidagi Voljsk avtomobil zavodida birinchi “VAZ-2101” avtomobili yig‘ilgan, 9-sentabrdan boshlab esa uni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi. Ushbu yengil mashina sovet avtomobil sanoatidagi eng ommabop avtomobilga aylangan. SSSRning 18 yili davomida 4,8 million donadan ortiq mazkur mashina va uning modifikatsiyalari ishlab chiqarilgan. Xalq tilida “kopeyka” deb ataluvchi “VAZ-2101” hozirga qadar shu nom bilan mashhur.

    Foto: “RIA Novosti”

    Xrushchyov va Tolyatti

    SSSR hukumatining Tolyattida kichik tirajli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavodni qurish qarori 1966-yilning 20-iyunida chiqqan. Sovet hukumatining Tashqi savdo vazirligi Italiyaning Fiat kompaniyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha bitim imzolagan. Bu o‘z davri uchun juda yirik kelishuv edi. Shartnoma 642 million dollarga baholangan. Italiya konserniga qarashli namunalardan biri yangi mashinaning yaratilishiga prototip bo‘lib xizmat qilgan. Biroq o‘tkazilgan sinovlar Fiat’ning sovet yo‘llariga bardosh bera olmasligini ko‘rsatgan. Kelishuvlar doirasida italiyalik konstruktorlar sovet muhandislarining o‘zgartirishlarini kiritishga rozi bo‘lgan. Birgalikdagi harakatlar doirasida mashinaga 800 dan ortiq o‘zgartirish kiritilgan.

    Foto: Motor

    Sovet hukumati Italiya kompaniyasining texnologiyasi va model qatorini sotib olgan hamda ularga mutaxassis tayyorlash topshirig‘ini beradi.

    Korxonaning birinchi bosh direktori etib Viktor Polyakov tayinlangan. O‘sha vaqtda SSSR avtomobil sanoati vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Polyakov Leonid Brejnevni Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish zarurligiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

    O‘zi aslida Italiya bozoriga birinchi bo‘lib Nikita Xrushchyov e’tibor qaratgan. Internetda Fiat arxiviga oid ko‘plab ma’lumotlar qatorida, Xrushchyov iste’fosidan bir necha oy oldin italiyaliklar bilan shartnoma imzolagani mavjud. Boshqa variant sifatida Fransiyaning Renault konserni ko‘rib chiqilgan. Aynan Xrushchyov yengil avtomobillar ishlab chiqarish zaruratini ta’kidlagan.

    “VAZ-2101”ning dastlabki partiyasidagi to‘rtta qizil va ikkita ko‘k avtomobillar 1970-yilning 22-aprel kuni konveyerdan chiqqan. Aynan ushbu kunda V.I.Leninning yuz yillik yubileyi nishonlangan. Model Fiat-124 asosida yaratilgan bo‘lib, avvaliga to‘liq Italiyadan keltirilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilgan.

    “VAZ-2101”ning dastlabki partiyasidagi to‘rtta qizil va ikkita ko‘k avtomobillar 1970-yilning 22-aprel kuni konveyerdan chiqqan. Aynan ushbu kunda V.I.Leninning yuz yillik yubileyi nishonlangan. Model Fiat-124 asosida yaratilgan bo‘lib, avvaliga to‘liq Italiyadan keltirilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilgan.
    Foto: Motor

    Taqdir taqozosi bilan sovet avtogiganti Italiya Kommunistik partiyasi rahbari sharafiga nomlangan Palmiro Tolyatti shahrida qurilgan. Siyosiy arbobning o‘zi Fiat’ni bir necha bor ishchilarni ekspluatatsiya qilgani uchun tanqid qilgan. Shu sababli kommunistlar Turindagi zavodda keng ko‘lamli ishtashlashlarni amalga oshirgan. Italiyalik tarixchi Valerio Kastronovoning qayd etishicha, “VAZ” zavodini qurish uchun tanlangan joydan xabar topgan konsern ma’muriyati g‘alati holatga tushib qolgan, chunki ular 20 yil davomida kommunistik g‘oyalarga qarshi kurashib, Tolyattiga bog‘liqligi bor xodimlarni ishdan bo‘shatib kelgan.

    SSSR rahbariyati bilan o‘zaro manfaatli bitim uchun Italiya korxonasining top-menejmenti o‘ziga xos tarix parallellariga ko‘z yumishni ma’qul ko‘rgan. Avvaliga italyanlar SSSRda yig‘ish konveyerini qurishni, barcha ehtiyot qismlarni Fiat ishlab chiqarishini ko‘zda tutgan.

    “Jiguli” — ruslashtirilgan Fiat

    Polyakov Voljsk avtomobil zavodining qurilishi, uskunalar montaji va ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi bilan shug‘ullangan. Qurilish ishlari rekord darajada tez amalga oshirilgan. 1967-yilning yanvarida ekskavator poydevor uchun yerdan birinchi tuproqni qazib olgan bo‘lsa, 1968-yilda yangi sovet avtomobili nomi uchun tanlov e’lon qilingan. Oxir-oqibatda Tolyatti yaqinidagi tog‘ tizmasi sharafiga qo‘yilgan “Jiguli” nomi g‘olib chiqqan.

    1970-yilning 19-aprelida avtomobil zavodining asosiy konveyeridan dastlabki oltita “VAZ-2101” ishlab chiqarilgan: ikkita ko‘k va to‘rtta olcharang.

    “Jiguli” nomi 1968-yili “Rulda” jurnali tomonidan e’lon qilingan tanlov natijasida paydo bo‘lgan. Nashriyotga jami 55 mingga yaqin avtomobil nomlari yuborilgan bo‘lib, ekspertlar komissiyasi ular orasidan 1812 tasini tanlab olgan. “VAZ-2101” nomi “Binafsha”, “Qirg‘iy” yoki “Orzu” deb ham atalishi mumkin edi.

    “Jiguli” nomi 1968-yili “Rulda” jurnali tomonidan e’lon qilingan tanlov natijasida paydo bo‘lgan. Nashriyotga jami 55 mingga yaqin avtomobil nomlari yuborilgan bo‘lib, ekspertlar komissiyasi ular orasidan 1812 tasini tanlab olgan. “VAZ-2101” nomi “Binafsha”, “Qirg‘iy” yoki “Orzu” deb ham atalishi mumkin edi.
    Foto: Motor

    “Kopeyka” nomini esa avtomobil 1990-yillar oxirida, model sonining oxiridagi bir raqami sabab olgan.

    Foto: Motor

    Bir zumda cho‘kib ketgan Britaniya kemasi

    1980-yilning 9-sentabrida Britaniyaga tegishli MV Derbyshire neft tashuvchi kemasi Yaponiya janubidagi tayfun sabab cho‘kib ketgan. Tabiiy ofat oqibatida kema bortida bo‘lgan barcha — 44 kishi halok bo‘lgan. Bridge sinfiga kiruvchi olti kemadan oxirgisi bo‘lgan MV Derbyshire’ning halokati Buyuk Britaniyaning dengizga g‘arq bo‘lgan eng yirik kemasi hisoblanadi.

    Foto: Liverpool Express

    MV Derbyshire 1975-yilning sentabrida suvga tushirilgan va Bridge sinfiga kiruvchi so‘nggi neft tashuvchi kema sifatida 1976-yilning iyunida ish boshlagan. Avvaliga Liverpool Bridge deb nomlangan kema ikki yil davomida qurilgan.

    1978-yilda Liverpool Bridge nomi Bibby Line kompaniyasi flotidagi to‘rtinchi kema — Derbyshire’ga o‘zgartirilgan. 1980-yilning 11-iyulida kemaning so‘nggi reysida Derbyshire Kanadaning Kvebek portini tark etib, Yaponiyaning Kavasakisi tomon yo‘l olgan. Kema 157 ming tonnadan ortiq temir rudasini olib ketayotgan bo‘lgan.

    1980-yilning 9-sentabrida MV Derbyshire Okinavadan 230 mil uzoqlikda “Orchid” tayfuniga duch kelgan va oqibatda kema shu qadar tez cho‘kib ketganki, uning bortida biror kimsa omon qolmagan. Cho‘kish tezligi sabab kema ofat signalini ham berishga ulgurmagan. MV Derbyshire ob-havo yo‘nalishlarini taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi Oceannews tijoriy kompaniyasining ma’lumotlariga tayangan holda suzgan. Bir necha yil davomida kemaning bu qadar tez cho‘kishiga “qotil-to‘lqinlar” sabab bo‘lgan deb kelingan.

    Derbyshire’ni qidirish ishlari 15-sentabrdan boshlangan va olti kundan keyin, kemaning biror izi topilmagach to‘xtatilgan. Oradan olti hafta o‘tgach, Derbyshire’ning qutqaruv qayiqlaridan birini yapon tankeri ko‘rib qolgan.

    Foto: Shipwrecklog
    1986-yilda Irlandiya qirg‘oqlarida MV Kowloon Bridge yuk tashuvchi kemasi Atlantikani kesib o‘tish vaqtida cho‘kib ketgach, Derbyshire’ning halokati bo‘yicha tergov halok bo‘lgan dengizchilarning qarindoshlari talabiga ko‘ra qayta tiklangan. Dengizchilar ittifoqining moliyalashtiruvi orqali qidiruvlar 1994-yildan boshlangan.

    1994-yilning iyunida Derbyshire qoldiqlari 4 kilometr chuqurlikda 1,3 kilometrga yoyilib ketgan holatda topilgan. Qo‘shimcha ekspeditsiya 40 kun davomida chuqur suv ostida ishlaydigan apparatlar yordamida qoldiqlarni kuzatib, rasmga olgan. Yakunda kemaning old qismiga urilgan to‘lqinlar tumshuq tomonidan kichik ventilyatsion trubalar qopqog‘ini uzib yuborgani aniqlangan. Keyingi ikki kun davomida dengiz suvi ochiq trubalar orqali kemaning old qismiga oqib kirishi natijasida kema tumshug‘i pastga sho‘ng‘iy borgan.

    Oxir-oqibat kema tumshug‘i kuchli to‘lqinlardan to‘liq shikastlangan, bu esa birinchi yuk bo‘lmaning lyuki ichkariga egilib, tonnalab suvning soniyalar ichida kirishiga yo‘l ochgan. Kema cho‘kishni boshlaganida uchinchi lyuk ham uzib yuborilgan va u suv qariga g‘arq bo‘lgan. Kema cho‘kkach, suv bosimi ostida u egilib, qismlarga ajralib ketgan.

    “Attika” mahbuslarining qo‘riqchilarga qarshi isyoni

    1971-yilning 9-sentabrida Nyu-York shtatining Attika shahri yaqinida joylashgan “Attika” qamoqxonasi mahbuslari qo‘riqchilarga qarshi isyon ko‘tarib, qamoqxonaning katta qismini o‘z nazorati ostiga olgan edi. Mahbuslar bir necha nafar qamoqxona qo‘riqchilarini asirga olib, o‘zlarining bu yerda saqlanish sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan.

    “Attika” davlat qamoqxonasi

    “Attika” davlat qamoqxonasi
    Foto: WSWS
    “Attika” qamoqxonasidagi isyon bundan bir yil oldin “Qabrlar” nomi bilan mashhurlikka erishgan Manxetten tergov izolyatoridagi norozilikning davomi edi. “Qabrlar”dagi isyon bostirilgach, uning qator tashkilotchilari yolg‘iz kamerada jazo o‘tashi uchun “Attika”ga yuborilgan.

    Qamoqxonadagi tartibsizliklarga qo‘shimcha ravishda bundan bir necha hafta oldin — 21-avgustda “Qora pantera” harakatining faoli Jorj Jekson qamoqdan qochish vaqtida otib tashlangandi. Jeksonga qarshi uning antikapitalistik va irqchilikka qarshi siyosati doirasida qamoqxona nazoratchisi o‘ldirildi, degan yolg‘on ayblov qo‘yilgan.

    “Attika”dagi mahkumlar uchun yaratilgan sharoit dahshatli bo‘lgan. Qamoqxona 1,2 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, ommaviy tartibsizliklar vaqtida u yerda 2243 kishi saqlangan. Mahbuslar qo‘riqchilar tomonidan muntazam tahqirlanib kelingan. Qamoqxonadagi mahbuslarning 50 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi qora tanlilar oq tanli qo‘riqchilar tomonidan irqchilikka yo‘l qo‘yilayotganidan shikoyat qilib kelgan. Bu qo‘riqchilar qora tanli mahbuslarni eng yomon va kam haq to‘lanadigan qamoqxona ishlariga yo‘naltirgan.

    “Attika”dagi tartibsizlik ikki nafar mahbus o‘rtasidagi nisbatan kichik mushtlashuvdan kelib chiqqan. Biroq qo‘riqchilarning unga aralashuvi va mahbuslarni o‘z kameralarga qaytarishga bo‘lgan urinishi qo‘riqchi va mahkumlar o‘rtasida katta janjalni yuzaga keltirgan. Dastavval qo‘riqchilar vaziyatni qo‘lga olib, mahbuslarni yakkalik kameralarga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘riqchilar qattiq chora ko‘rishidan xavotirga tushgan mahbuslar ommaviy ravishda isyon ko‘taradi.

    Foto: Variety

    Tartibsizliklar butun qamoqxona bo‘ylab tezda tarqalib, mahbuslarning qariyb yarmi unda ishtirok etgan va qamoqxona hovlilaridan birini, ikkita o‘tish yo‘lagi va markaziy dispetcherlik xonasini nazoratga olgan. Ular 43 nafar qamoqxona noziri va boshqa xodimlarini asirda ushlagan.

    Mahbuslar muzokara o‘tkazib, Nyu-York gubernatori Nelson Rokfellerga o‘z talablarini yetkazadigan qo‘mitani saylagan. Talablar o‘z ichiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tashrif buyuruvchilar bilan uchrashuvda adolatli taqsimot, ovqat sifatini yaxshilash, e’tiqod erkinligi, mahbuslar ishlagani uchun to‘lanadigan maoshni oshirish va qo‘riqchilar tomonidan jismoniy tazyiqlarga barham berishni olgan. Shuningdek, ular qamoqxona boshlig‘ini lavozimdan olib tashlash va yuzaga kelgan tartibsizlik uchun mahbuslar jazolanmasligi bo‘yicha va’da berishlarini talab qilgan.

    Mahbuslar bilan muzokara olib borgan Rokfeller bir vaqtning o‘zida kuch ishlatib qamoqxonada isyonni bostirish reydiga tayyorgarlikni boshlagan. 13-sentabr kuni qamoqxona qo‘riqchilari otryadi va Nyu-York shtati politsiyasi mahkumlarga qarata gazli granatalarni otib, o‘qotar qurollarni qo‘llagan holda qamoqxonani egallagan. Oqibatda 29 nafar mahbus va 9 nafar asir halok bo‘lgan.

    Jamoatchilik munosabati

    Isyondan keyin Qo‘shma Shtatlar hududidagi boshqa qamoqxonalarda ham, jumladan, Massachusets, Indiana, Michigan, G‘arbiy Virjiniya va Jorjiya qamoqxonalarida norozilik hamda tartibsizliklar amalga oshirilgan. Mahkumlar birdamlik qo‘mitasi axborot byulleteniga ko‘ra, 1971-yilning 30-sentabrida “Attikada yuz bergan qonli isyon haqidagi 13 xabardan so‘ng, yil boshidan buyon qamoqxonalarda amalga oshirilgan jami isyonlar ikki barobarga ko‘paygan”. Mahbuslarni, xususan, Nyu-Yordagi qamoqxonada saqlanayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘p sonli mitinglar o‘tkazilgan, shuningdek, gubernator Rokfeller tarafdorlari ham namoyishlar tashkillashtirgan. Bundan tashqari, Jon Lennon kabi ijodkorlar, Anjela Devis kabi faollar mahbuslar sharafiga o‘z asarlarini yaratib, rasmiy chorani qoralagan.

    Foto: Variety

     Nyu-York shtati qamoqxona tizimiga ko‘rsatilgan ta’sir

    “Attika”dagi isyon Nyu-York shtatidagi axloq tuzatish muassasalariga qisman o‘zgartirish kiritilishiga sabab bo‘lgan, jumladan:

    • Ko‘proq cho‘milish, sovun berish, tibbiy xizmatdan foydalanish va oilalarning tez-tez kelishiga ruxsat berilgan;
    • Shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayoni joriy etilgan;
    • Mahbus qamoqxona amaldorlari bilan uchrashuvda o‘zi nomidan qatnasha oladigan vakillarni tanlashiga imkon beruvchi Aloqa qo‘mitasi tashkil etilgan:
    • Mahbuslarga yordam ko‘rsatadigan yuristlar tarmog‘i — Prisoners Legal Services uchun mablag‘ ajratish yo‘lga qo‘yilgan;
    • Oliy ta’limdan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
    • Mahbuslarning diniy e’tiqod erkinligi ta’minlangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

     

    Mavzuga doir: Tehronda “Qora juma”, dog‘istonliklar qasosi — Moskvadagi ko‘p qavatli uyda terakt, Texasdagi shaharni yakson qilgan dovul. Kun xronologiyasida 8-sentabr

     

    09.09.2022, 09:30   Izoh (0)   36173
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Estoniya, Latviya, Litva va Polsha 19-sentabrdan Shengen sayyohlik vizalari bo‘lgan rossiyaliklar uchun o‘z chegaralarini yopadi

    09.09.2022, 09:09

    AQSH Rossiyaga dronlar yetkazib bergan Eron kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

    09.09.2022, 08:53

    Erondagi uran zaxiralari yadroviy bomba yaratish uchun yetarli bo‘lishi mumkin — MAGATE

    09.09.2022, 00:45

    Bishkeklik hunarmandlar qo‘l mehnati bilan yig‘ilgan Qirg‘izistonning birinchi Kunan Taitoru sport avtomobilini taqdim etdi (foto, video)

    08.09.2022, 23:46

    Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi

    08.09.2022, 22:37

    Kiyevdagi hujumlar tufayli Xarkovda ayollar va bolalar evakuatsiya qilinmoqda

    08.09.2022, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.