Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning ma’lum qilishicha, Eron boyitilgan uran zaxiralarini to‘plagan. Bu esa yadroviy bomba yaratish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 30-maydan buyon 60 foizgacha boyitilgan uran zaxiralari 12,5 kilogrammdan 55,6 kilogrammgacha oshgan.
MAGATE shuningdek Eron ularga e’lon qilinmagan uchta yadroviy obyektdagi uran zarralari kelib chiqishi haqida hali tushuntirish bermaganiga e’tibor qaratdi.
Yevropa Ittifoqi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini qayta tiklashning muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan qo‘rqadi. AQSH esa kelishuvni tiklash bo‘yicha muzokaralar MAGATE tergovi bilan bog‘liq vaziyat bo‘lmasligi kerak deb hisoblaydi.
Izoh (0)