Bishkeklik hunarmandlar birinchi qirg‘iz sport avtomobili Kunan Taitoru avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda “Sputnik Kyrgyzstan” xabar bermoqda.
Ular 6 yil davomida qo‘lda sport avtomobilini yig‘di. Konsepsiya milliy motivlarga asoslangan. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, hunarmandlar shu yo‘l bilan yoshlarni ilhomlantirish, imkonsiz narsa yo‘qligini ko‘rsatish niyatida bo‘lgan.
Mashina ustida sakkiz kishidan iborat jamoa ishlagan. Kapot ostida 300 ot kuchiga ega Subaru Legacy dvigateli joylashgan.
Biroq ma’lum qilinishicha, mashina sotilmaydi. Shuningdek Kunan Taitoru mualliflari avtomobil uchun qancha mablag‘ sarflaganini ham sir saqlashga qaror qilgan.
Izoh (0)