Katta Farg‘ona kanalining Qo‘shtepa tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan 25-iyun kuni erkak jasadi topilgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kanalning “Do‘rmon” MFY Xo‘ja qishlog‘i hududidan oqib o‘tgan qismidan osiyolik, yoshi taxminan 30–40 da bo‘lgan, bo‘yi 165–170 santimetr, erkak jinsiga mansub, shaxsi noma’lum murda topilgan.
Egnida yengi kulrang, rangli, ichi mexli, chap ko‘krak qismida “Fuec Garage” yozuvli sport kurtkasi, ichida kulrang rangli futbolka, qora rangli “Master class” hamda “Russia” yozuvli trikolari, oyog‘ida qora rangli krossovka bo‘lgan.
Mazkur shaxs haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lganlardan yaqin oradagi IIOlarga yoki 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘raladi, — deyiladi xabarda.