• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu — ota-onalardan chiqqan tashabbus edi”. Andijondagi maktabda o‘quvchilarning oyoqyalang qilinganiga izoh berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi 38-maktabda maktab direktori o‘quvchilarga sinfxonaga oyoqyalang kirishni talab qilgani, muassasada ta’mirlash ishlari olib borilganligi sababli “domashniy” oyoq kiyim olib kelish buyurilgani ma’lum qilingan. Shuningdek, bunday tartibdan ota-onalar norozi ekanligi ta’kidlangan.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu holatga munosabat bildirib, maktab rahbariyati binoni toza va ozoda saqlash maqsadida maxsus oyoq kiyim kiyish tajribasini ilgari surayotganini, holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgani uchun holatga yo‘l qo‘ygan maktab direktori O.X. hamda direktor o‘rinbosari M.B.ga intizomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Daryo” muxbiri mazkur holatni kengroq o‘rganish maqsadida ushbu muassasada bo‘lib, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.

    Xushnoza Mannopova.

    Xushnoza Mannopova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Yuqori sinf o‘quvchilari Anziratoy Mahmudova hamda Xushnoza Mannopovalarning aytishicha, bu tartib qoidaga ota-onalar rozi bo‘lgan, barcha o‘quvchilarga ma’qul kelgan.
    O‘tgan yili maktabimiz bunaqa ta‘mir bo‘lmagan edi, shu sababli hamma ko‘chadan kiyib kelgan oyoq kiyimi bilan sinfxonalarga kirib kelardi. Bu yil maktabimiz o‘zgardi, judayam chiroyli bo‘ldi. Endigi tartib qoidamizga ko‘ra, ko‘chadan kiyib kelgan oyoq kiyimni maktabning ichida kiymaslik talab qilinmoqda. Bularning barchasi ota-onalarimiz, o‘qituvchilarimiz, sinf rahbarlarimiz bilan kelishgan holda bo‘ldi. Shu kunga qadar hech kimga bosim o‘tkazilmagan. Biz maktabga kelib, sinfxonamizga kirib, yumshoq oyoq kiyimlarimizda darsda o‘tiribmiz. Bu bizga judayam qulay”, — deydi Anziratoy Mahmudova.

    Anziratoy Mahmudova.

    Anziratoy Mahmudova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Uzoq yillardan buyon ushbu maktabda ishlab kelayotgan o‘qituvchi Opiyatxon Nazarovaning aytishicha, sinflarda o‘quvchilar uchun barcha imkoniyat yaratib berilgan.

    Opiyatxon Nazarova.

    Opiyatxon Nazarova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Maktabimiz rahbariyati, ustozlari — barchamiz maslahat bilan yangi o‘quv yilini juda katta ishtiyoq bilan boshlaganmiz. Mana shu video tarqalgandan keyin biz hammamiz hayron bo‘ldik. Chunki maktabimizda bunday holat yuzaga kelgani yo‘q, aytarli darajada emas. Lekin haqiqatan ham o‘quvchilarga sinf xonalarida shunday imkoniyatlar yaratib berilgan”, — deydi Opiyatxon Nazarova.

    Shahnoza O‘rinboyeva.

    Shahnoza O‘rinboyeva.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Tasvirga olish jarayonida o‘zini Shahnoza O‘rinboyeva deya tanishtirgan ayol bir necha yil avval ushbu maktabda dars berganini, sinf rahbarlik qilganini aytib, maktabda joriy etilgan tartib yuzasidan fikrlari borligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, birinchi sinfda o‘qiyotgan farzandi bir kuni yalangoyoq yurgani uchun shamollab qolgan.
    Farzandlarimni yalangoyoq yurishlariga shaxsan men ruxsat bermayman. Aytingchi, 10-sinf, voyaga yetayotgan qiz mana shu kafelda yalangoyoq yuradimi? Ayniqsa, ertalabki soat 08:00 da. Sizlar yura olasizlarmi shu sovuqda? Hozir 1-sinfda o‘qiydigan bolam shu yerda bir kun yalangoyoq yurgani uchun shamollab uyda yotibdi. O‘sha kuni direktor bolalarga baqiribdi. Qaysidir ota-ona kelib bunday qilishga haqi yo‘qligini aytib, urishibdi ham. Lekin u kuni o‘zim yo‘q edim. Hozir videolarni Facebook’dan ko‘rdim. Qizimning sinf rahbari ham baqirib so‘kkan. Menimcha, ularning bunday qilishga haqqi yo‘q”, — deydi Shahnoza O‘rinboyeva.

    Zumradxon Vahobova.

    Zumradxon Vahobova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Nabirasini olib ketish uchun kelgan Zumradxon Vahobova nabiralari shunday chiroyli maktabda o‘qiyotganidan quvonayotganini, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni eshitib hayron qolganini bildirmoqda.

    Sharifaxon Ahtamovaning aytishicha, u ushbu maktabda 27 yildan ortiq o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya bergan. Uning aytishicha, maktabda muhit juda og‘ir, o‘qituvchilar guruhbozlikka bo‘linib qolgan. Maktab direktori ularni birlashtirishga harakat qilsa-da ayrimlar bo‘ysunishni istashmayapti.

    Sharifaxon Ahtamova.

    Sharifaxon Ahtamova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Shu mahallada yashayman. 27 yildan ortiq vaqt mana shu maktabda ishlaganman. Farzandlarim ham shu yerni tamomlagan. Bu maktabdagi ichki muhit o‘ta og‘irligi, besaranjomligi, haqiqatning yo‘qligini ko‘rish mumkin. O‘qituvchilar o‘rtasida guruhlar mavjud. Ayrim o‘qituvchilar shu guruhlarga qo‘shilib olib, nohaqlik qilib halol ishlashga yo‘l qo‘yishmayapti. Tarbiya maskanida ishlayotganini sezmaydigan ayrim kimsalar, muhitni buzmoqda. Maktab direktori ushbu maktabda faoliyat olib borayotganiga ko‘p bo‘lmasa-da, maktabni shu darajaga yetkazdi. Og‘ir mehnat qildi. Lekin bu jamoani bir tomonga yo‘llasa, ularni boshqa tomonga yetaklaydigan ayrim g‘alamis, tarbiya maskanida ishlashga noloyiq orqaga tortishga urinmoqda.Kechagi holat esa direktor tomonidan mavjud tartib qoidalarga qo‘shimcha tarzda bir yangilik edi, xolos. Bolalar sinf xonalarida yumshoq oyoq kiyimlarida yuradi. Buning nimasi yomon?! Axir bu yerda qo‘rqinchli, achinarli holat bo‘lmadi. Ayrim ota-onalar bunga loqaydlik bilan qaradi va yaxshilikka nisbatan shunday javob berishdi”, — deydi Sharifaxon Ahtamova.

    Abdumannop Hamidov.

    Abdumannop Hamidov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Maktab ochilayotgan kuni ota-onalar tomonidan shunday fikr aytilgan, barchaning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan tartib edi. Maqsad shu binoni uzoqroq saqlab qolish, parokanda qilmaslik. Yevropada 30 yillar avval muzeylarga va boshqa binolarga shohu gado oyoq kiymlarini almashtirib kirgan”, — deydi mahalla faoli Abdumannop Hamidov.
    Maktab direktori o‘rinbosari Surayyo Soliyevaning ma’lum qilishicha, tarmoqda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan tartibni joriy qilish taklifi ota-onalar tomonidan bildirilgan. Uzoq muhokamalar va ko‘pchilikning roziligi bilan joriy qilingan.

    Surayyo Soliyeva.

    Surayyo Soliyeva.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Bu tartib ota-onalar bilan kelishilgan holda bo‘lgan. Aslida bu fikr bizdan chiqmagan. Ota-onalar shu fikrni bildirgan. Shundan keyin biz buni maktab ma’muriyati va mahalla faollari bilan muhokama qildik. Uzoq o‘ylab ko‘rgach, shu tartib-qoidani joriy qildik. Ya’ni o‘quvchilar keladi, sinf xonasining eshigi tagida oyoq kiyimlarini almashtiradi. Bunga hamma rozi bo‘lgandi. Hozir kunlar issiq, ertaga sovuq kunlar boshlanganda bu tartib bolalar uchun ancha foydali. Ular yomg‘irli havoda, loy ko‘chalarni bosib kelsa oyoq kiyimlari namlanishi, sovuq o‘tishi mumkin. Shunda ular sinf xonalariga kirishdan oldin yumshoq yengil poyabzallarini kiyib oladi. Biz o‘z istaklarimiz bilan emas, ota-onalarning roziligi bilan shu tartibni amalga oshirganmiz”, — deydi Surayyo Soliyeva.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Daryo” muxbiri maktab direktorining izohini bilish maqsadida u bilan telefon orqali bog‘lanishga ham urindi. Qo‘ng‘iroqlarga javob berishni istamagan direktor sms-xabarnoma orqali o‘quvchining oyoq kiyimini uning oyog‘idan tortib yechmaganini, yalangoyoq kirishga majburlamaganini, bo‘lib o‘tgan ishlar uyushtirilganini shu sababli boshqa savollarga javob berishni istamaganini bildirgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    09.09.2022, 15:25   Izoh (0)   41488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SHHT bosh kotibi: “Biz turli bloklarga qo‘shilmaslik, har qanday uchinchi tomonga qarshi harakat qilmaslikning asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilishimiz kerak”

    09.09.2022, 15:19

    O‘zbekistonga ko‘proq qaysi davlatlardan turistlar kelayotgani ma’lum qilindi

    09.09.2022, 15:01

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    09.09.2022, 14:14

    Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimiga ma’qullandi

    09.09.2022, 14:00

    “Shaharlarda uylar kengaydi, ammo insonlarning bag‘ri toraydi” — Abduqodir Toshqulov mahallalarda talabalarni ijaraga joylashtirish kamayib ketgani haqida

    09.09.2022, 13:15

    “Etika va axloq qoidalariga zid bo‘lsa-da, nazoratni kuchaytirish maqsadida o‘rnatilgan”. Toshkentdagi maktabda qizlar kiyim almashtirish xonasidagi kameraga izoh

    09.09.2022, 13:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.