O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—avgust oylarida 3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.
8 oyda oyda Qozog‘iston (922,7 ming nafar) Qirg‘iziston (821,9 ming nafar) va Tojikiston — (814,5 ming nafar) fuqarolari turistik maqsadda eng ko‘p tashrif buyurgan.
Undan keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar fuqarolari egallagan:
- Rossiya — 316,9 ming nafar;
- Turkiya — 45,8 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 10,9 ming nafar;
- Germaniya — 10,3 ming nafar;
- AQSH — 7,8 ming nafar;
- Hindiston — 6,7 ming nafar;
- Fransiya — 6,4 ming nafar;
- Ozarbayjon — 6,1 ming nafar;
- Isroil — 6,6 ming nafar;
- Buyuk Britaniya — 6 ming nafar;
- Italiya — 4,7 ming nafar;
- Ispaniya — 3,1 ming nafar.